Yer maydonlarining noqonuniy sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Kosonsoy tumani “Yoʻllardan foydalanish” UK rahbari A.I. fuqaro M.A.ga ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish uchun Kosonsoy tumani, “Oʻzbekiston” MFY hududidan 1 gektar yer maydonini tanishlari yordamida tender savdolariga qoʻydirib yutib olib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-tadbirda, fuqaro Sh.A. tumanidagi baliqchilik yoʻnalishiga ixtisoslashgan “K.O.” fermer xoʻjaligining 1 gektar yer maydonini fuqaro J.X.ga firibgarlik yoʻli bilan 17 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar boʻlim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-tadbirda, fuqaro A.K. fuqaro F.T.ga Pastdargʻom tumani “Elbek” MFYdagi zaxiradagi yer maydonidan 20 sotixini tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Shu kabi, Departamentning Taxtakoʻpir tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.G. fuqaro A.Z.ga Nukus shahri, “Qum aoʻыl” MFY hududidan zaxiradagi yer maydonidan 6 sotixini tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 23 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring