Yer maydonlarini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Olmazor tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.D. va boshqalar fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga Yuqorichirchiq tumanidagi “S.” bogʻdorchilik shirkatiga qarashli 30 sotix yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 7 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.B. fuqaro Q.A. tomonidan Xonqa tumanida tomorqa yer sifatida foydalanib kelinayotgan 10 sotix zaxira yer maydonida noturar bino qurish hamda yer maydonini sotishga tanishlari yordamida ruxsat olib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring