Er-xotinning urushi o‘lim bilan tugadi

18:17 07 Avgust 2018 Jamiyat
2179 0
Illyustrativ foto

U doka ro‘molning qurishi emas ekan. Toshkent tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday janjallarning biri o‘lim bilan yakunlandi.

Keles shahri “Oqibat” mahallasidagi, Oqibat ko‘chasi, 5-uy, 10-xonadonda yashovchi Baxit Abatov o‘sha kuni ham uyiga mast holatda kirib keldi. Erning bu holatda ko‘rgan Zulxumor Abatova yana e’tirozlarini bildira boshladi. Bir zumda baqir-chaqir avj oldi. Rosmana janjal boshlandi. Erining haqoratlariga chiday olmagan ayol bosh qismi to‘mtoq bo‘lgan jism bilan uning boshiga urdi. O‘zini o‘nglab olgan Baxit esa osh pichoqni olib chiqib, turmush o‘rtog‘ining o‘ng biqin sohasiga tan jarohati yetkazdi.

Natijada Zulxumor Abatova Toshkent tumani Markaziy kasalxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish chog‘ida, osh pichog‘i ashyoviy dalil sifatida uni ishlatgan shirakayf er esa ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Uch nafar farzand yetim bo‘lib qoldi.

Rahmatilla Sheraliyev, “Xalq so‘zi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер