YEOIIda mehnat migratsiyasi boʻyicha maxsus tizim yaratish taklif etildi

17:13 20 Iyul 2020 Dunyo
841 0

«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida mehnat migratsiyasi boʻyicha maxsus axborot tizimini yaratish muhim hamda boʻsh ish oʻrinlarini qidirish uchun raqamli loyihani ishlab chiqishda Yevroosiyo taraqqiyot bankining ishtiroki foydalidir», deya taʼkidlagan Rossiya bosh vaziri M.Mishustin Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida.

Maʼlum qilinishicha, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan “Chegarasiz ish” yagona qidiruv tizimi loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Ushbu loyiha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar boʻsh ish oʻrinlari va ish beruvchilari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер