Yengil avtomobil eksporti qariyb 85 mln. AQSH dollariga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozogʻiston – 127,1 mln.
- Afgʻoniston – 2,7 mln.
- Ukraina – 2,3 mln.
- Qirgʻiz R. – 1,0 mln.
- Rossiya – 955,9 ming
- Ozarbayjon – 444,7 ming
- Tojikiston – 339,1 ming AQSH dollari
2021-yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring