Asakadagi avtomobil zavodida eng oxirgi “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomashina ishlab chiqarildi. Bu haqda “UzAuto Motors” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur avtomobil endilikda korxona tarixidagi soʻnggi “Lacetti” (“Gentra”) sifatida yodda qoladi. Manbaga koʻra, zavodda shu kunga qadar jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan.
“Chevrolet Lacetti” ishlab chiqarish 2013-yilda boshlangan. Dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich qariyb 90 mingga yetgan edi.
Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024-yil yanvar oyidan toʻxtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektatsiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring