Eng foydali oziq-ovqat mahsulotlaridan biri maʼlum boʻldi
Tuxum eng foydali oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir.
AQSHning Dallas shahridagi Tibbiyot fanlar akademik markazining parhezshunoslari xuddi shunday fikrni ilgari surishmoqda.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, birgina tuxumning oʻzida 372 milligramm xolesterin borligiga qaramay, ushbu mahsulot oqsillar, xolin, temir, rux va boshqa muhim mikroyelementlarning manbai hisoblanadi.
Tuxumlar xolin, folat hamda B12 vitamini tufayli miya faoliyati va salomatligini yaxshilaydi, ishtahani tartibga soladi, shuningdek, homiladorlik paytidagi tugʻma nuqsonlardan himoya qiladi.
“Bundan tashqari, tuxum tarkibidagi D vitamini tufayli koʻrishni yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi”, deya taʼkidlashmoqda olimlar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring