Energiya inqirozi Rossiyaning dunyodagi mavqeini mustahkamlamoqda — “The Wall Street Journal”

20:59 11 Oktyabr 2021 Dunyo
1389 0

Arxiv surat

Jahon energetikа inqirozi tufayli Rossiya dunyodagi mavqeini mustahkamlamoqda. AQSH bundan ehtiyot boʻlishlari kerak, chunki bu jarayonda strategik taʼsirini yoʻqotishi mumkin, deb yozmoqda “The Wall Street Journal”.

Maqola mualliflarining fikricha, boshqa yoqilgʻi resusrlaridan voz kechishga urinish Yevropa davlatlarining asosan Rossiya yetkazib beradigan tabiiy gazga boʻlgan qaramligini oshirdi va bu jarayonda “Gazprom” ishlab chiqarish hajmini oshirishga shoshilmayotgan strategik bosim uchun imkoniyatlar yaratmoqda.

Nashrning qayd etishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning maʼmuriyati ekologik toza energiya manbalari tendensiyasiga katta eʼtibor qaratib, AQSHning jahon sahnasidagi taʼsiriga tahdid solmoqda.

“Bu shuni anglatadiki, elektr energiyasini ishlab chiqarish AQSHning strategik kuch manbai ekanligini, u iqlimiy orzular bilan almashish xavfini tugʻdiradi.

Bayden maʼmuriyati haqiqiy boʻlmagan iqlim maqsadlari bilan energiya xavfsizligiga va bu orqali AQSH iqtisodiyoti va dunyodagi manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi”, deyiladi maqolada.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Xosep Borrel Yevropaga Rossiya gazi kelishilganidan koʻra koʻproq kerak boʻlishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi.

Soʻnggi oylarda Yevropada gaz narxi keskin koʻtarildi. Shu bois  Yevropa sanoat korxonalari mazut va koʻmirga oʻtishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar paydo boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер