Energetika vazirligi tizimida tayinlov amalga oshirildi

10:54 19 Iyun 2024 Siyosat
465 0

Jahongir Obidjonov «Oʻzenergosotish» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jahongir Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

U 2004 — 2007-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, 2007 — 2017-yillar «Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki» OATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017 — 2019-yillar «Oʻzbekenergo» AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020 — 2022-yillar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2024-yilda Angliyaning «Anglia Rusking University» universitetida «Biznes boshqaruvi magistri» (MBA) magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер