Energetika vazirligi: “Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun 7500 soʻmdan toʻlovlar amalga oshiriladi, mazmunida tarqalgan xabar mutlaqo yolgʻon”

16:14 27 May 2022 Jamiyat
800 0

Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun 7500 soʻmdan toʻlovlar amalga oshiriladi, mazmunida tarqalgan xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

"Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “1 oy davomida foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun foydalanilgan har bir kVt elektr energiyasiga 7500 soʻm miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi” mazmunida xabar tarqatilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, ushbu maʼlumot mutlaqo yolgʻon hisoblanib, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasligingizni soʻraymiz.

Shuni qoʻshimcha qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari koʻrib chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz" deyiladi rasmiy axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер