Energetika vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5240-sonli qarori bilan Axmedxadjayev Azim Israilovich Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
A. Axmedxadjayev bunga qadar Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring