Energetik ichimliklar alkogoldan ham xavfliroq
Energetik ichimliklar inson organlaridagi hujayralar va toʻqimalarni batamom ishdan chiqaradi. Ayniqsa, tarkibida kofein moddasi eng koʻp boʻlganlari organizm uchun oʻta zararlidir. Rossiyalik shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Anatoliy Pechinka ana shunday fikr bildirdi.
“Bunday ichimliklar organlardagi hujayralar va toʻqimalar quvvat zaxiralari kamayib ketishiga olib keladi, ovqat hazm qilish organlariga salbiy taʼsir qiladi, organizmdagi bor energiyani siqib chiqaradi. Energetik ichimliklar ichki organlarga aroqdan koʻra koʻproq koʻproq tajovuz qiladi”, - deydi u.
Anatoliy Pechinkaning qayd etishicha, bunday ichimliklar shinavandalariga ovqat hazm qilish, yurakka xos jiddiy kasalliklar xavf soladi. Bundan tashqari, energetiklar ruhiy salomatlikka ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Eng yomoni, ulardan eng koʻp jigar aziyat chekadi.
“Kam alkogolli bunday ichimliklar tarkibida katta miqdorda qand, aromatizatorlar, ozuqa sintetik boʻyoqlari, taʼmni barqarorlashtiruvchi moddalar, alkogolning muqobillari boʻladi. Bunday jarangdor aralashma asta-sekin, lekin ishonch bilan jigarni zaharlaydi. Sababi aynan ushbu organ organizmdagi alkogolni parchalab, uni chiqarib yuborishga javob beradi”, - deb taʼkidlaydi shifokor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring