Endilikda temir yoʻl vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17-apreldagi 159-son qaroriga muvofiq, fuqarolar temir yoʻl vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruхsat beriladi.
Temir yoʻl vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda yaʼni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.
Yoʻlovchilar platformasiga-perronga yoʻlovchi poyezd chiptalariga ega boʻlgan yoʻlovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yoʻlovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan oʻtishlari mumkin.
Chiptalari yoʻq shaxslar, shuningdek, chiptada koʻrsatilgan maʼlumotlar yoʻlovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos boʻlmagan fuqarolarning yoʻlovchilar platformasi-perronga va yoʻlovchi tashish vagonlariga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring