Endilikda qurilishi davom etayotgan massivni kengaytirishga oʻsha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat beriladi

18:29 14 Aprel 2026 Siyosat
230 0

Aholini uy-joyga boʻlgan talabini taʼminlash doimiy diqqat markazida boʻlishi shartligi taʼkidlandi.

Soʻnggi yillarda 56 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivining infratuzilmasi uchun 4 trillion 100 milliard soʻm mablagʻ berildi. Joriy yil ushbu maqsadlarga yana 1 trillion 400 milliard soʻm ajratilmoqda.

Lekin 2025-yilda Toshkent viloyatida 2,1 mingta, Samarqandda 1,5 mingta, Fargʻonada 1,3 mingta, Toshkent shahrida 1 mingta, Jizzaxda 380 ta xonadon foydalanishga topshirilmagan.

Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Qurilishi davom etayotgan massivni kengaytirishga oʻsha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat berilishi belgilandi.

Poytaxt va Samarqand tajribalari asosida investitsiya kompaniyalari tashkil qilindi. Bu kompaniyalar 1-oktyabrdan boshlab, koʻp qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirigʻi va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер