Endilikda oʻzbek adabiyotidagi sara hikoyalarni turklar oʻz tilida oʻqishlari mumkin

20:17 06 Fevral 2025 Jamiyat
362 0

Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida yaqinda turk tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida chop etilgan “Oʻzbek adabiyotidan tanlangan asarlar: hikoyalar” antologiyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unga yozuvchi-shoirlar, tarjimonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu toʻplamdan XX asrda yashab, buyuk asarlar yaratgan atoqli oʻzbek adiblari va bugungi kunda ham oramizda qaynoq ijod jarayonida yashayotgan 21 nafar taniqli yozuvchilar qalamiga mansub 74 ta sara hikoyalar, qissalardan parchalar jamlangani hamda uning bugungi davrdagi ahamiyati haqida toʻxtalishdi.

Mazkur antologiya Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori Xayrulla Hamidov tomonidan turk tiliga tarjima qilingan.

— Kitobda Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” va “Uloqda”, Oybekning “Fanorchi ota”, “Musicha”, Abdulla Qahhorning “Sanʼatkor”, “Yillar”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Kim aybdor”, Said Ahmadning “Mehribon”, “Koʻklam chechaklari”, “Koʻklam taronalari”, Oʻlmas Umarbekovning “Abdulla qovunchi”, “Bahor nafasi” kabi bir qator hikoyalar oʻrin olgan, — deydi tarjimon. — Xalqimizning milliy oʻzligini aks ettiruvchi asarlarni tanlab olish, asarlarni mazmun-mohiyatiga daxl qilmasdan tarjima qilish, badiiy-uslubiy xususiyatlarini saqlab qolishga harakat qildim. Oʻylaymanki, toʻplam qardosh davlatda oʻz muxlislarini topadi.

Taqdimot yakunida qatnashchilarga toʻplamdan sovgʻa etildi.

Roʻza KARIMOVA,

OʻzJOKU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер