Endilikda mablagʻ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi
Foto: president.uz
Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Endilikda mablagʻ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim boʻladi.
Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli toʻlovni oladi.
Shu paytgacha boʻlgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Bundan tashqari, aholiga qulay yoʻl haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring