Endilikda attestatsiya savollarining mutaxassislik fanidan yoki kasbiy standartlardan ekanligini aniqlash mumkin

17:55 16 Noyabr 2025 Jamiyat
513 0

Endi attestatsiya savollarining mutaxassislik fanidan yoki kasbiy standartlardan ekanligini aniqlash mumkin boʻladi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari shu yilning 21-oktyabr kunidan boshlab davom etmoqda.

Endilikda pedagoglar malaka (test) sinovlarining birinchi bosqichida berilgan 40 ta savolning qay biri mutaxassislik fanidan va qay biri kasbiy standartlardan ekanligini alohida-alohida tahlil qilishlari mumkin.

Buning uchun pedagoglar shaxsiy kabinetdan malaka sinov natija ballari koʻrsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.

  • Toʻrtburchak shakllar – mutaxassislik fanidan berilgan savollar;
  • Aylana shakllar – kasbiy standartlardan berilgan savollar.

“@PedagogEduBot” orqali esda pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutugʻiga ega boʻlishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер