Endilikda ayrim oʻquvchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlashi;
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini oʻrgangan musiqa yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini oʻqitishi mumkin.
2025/2026 oʻquv yiliga qadar musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab madaniyat yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;
jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring