Endi toʻylar qanday oʻtadi?

14:34 23 Yanvar 2020 Jamiyat
2043 0

Illyustrativ surat

“Xalq soʻzi ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Buxoroda “toʻy” degan shirin bir orzu ortida “Togʻora yuborish”, “Kelinnavkari”, “Sep yoydi”, “Quda chaqirdi”, “Kuyov chaqirdi”, “Kelin chaqirdi”, “Ota koʻrdi”, “Charlar” kabi marosimlar uchraydi.

Kimlardir oʻylab topgan va urf-odatimiz deb talqin qilinadigan bu marosimlar quda-andalarni ancha tashvishga qoʻyadi. Dabdababozlikni keltirib chiqaradi.”Kimoʻzar” musobaqasiga aylanib ketadi. Hatto endigina qudachilik rishtalarini bogʻlaganlar oʻrtasida kelishmovchilikka ham sabab boʻladi.

— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining 2019-yil 14-sentyabrdagi“Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”dagi qoʻshma qarori ana shunday holatlar oldini olish, toʻy va boshqa marosimlarni milliy qadriyatlarimiz asosida tartibli tashkil etishga qaratilgan, — deydi viloyat mahallalar kengashi boshqaruvi raisi Ahror Gʻulomov Vobkent tumanida ushbu muhim hujjat ijrosiga bagʻishlab oʻtkazilgan seminarda. — Mazkur qoʻshma Qaror shu yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi.

Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, profilaktika inspektorlari, toʻyxona rahbarlari, FHDYO mudiralari, shuningdek toʻy-marosimlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etgan seminarda qaror mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi, toʻy va boshqa marosimlarni risoladagidek, kamchiqim oʻtkazish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xuddi shunday seminarlar viloyatning boshqa hududlarida ham oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер