Endi “makler”larga ham sertifikat beriladi

01:33 25 Dekabr 2020 Jamiyat
1205 0

Hukumat qarori bilan Baholovchilarning va riyeltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.

Baholovchining malaka sertifikati – jismoniy shaxsga, agar u baholovchi tashkilotning masʼul xodimi boʻlsa yoki baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, mulkni baholashni amalga oshirish huquqini beradi.

Malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.

Malaka sertifikati talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali beriladi.

Shunga koʻra:

malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingandan keyingi yildan boshlab har yili kamida 40 soatlik;

malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingandan keyingi yildan boshlab har uch yilda kamida bir marta riyeltorlik faoliyati sohasidagi 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.

«Baholash ishi: baholash faoliyati va riyeltorlik (obyektlar boʻyicha) (5A231501)” yoki «Koʻchmas mulkni ekspertiza qilish va boshqarish: Koʻchmas mulkni baholash va boshqarish (5A340901)” mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan talabgor maxsus oʻquvdan oʻtmasdan malaka imtihonini topshirishga haqli.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (223 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi (200 ming 700 soʻm) undiriladi.

Mazkur tartib 2021-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер