Endi Xitoyga avtobusda borish mumkin – Transport Vazirligi
Endilikda Oʻzbekistonning turli hududlaridan Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilgan:
Xitoyga:
Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
Tojikistonga:
Samarqand – Dushanbe;
Buxoro – Dushanbe.
Qozogʻistonga:
Buxoro – Turkiston;
Urganch – Aktau;
Fargʻona – Olmaota (Tojikiston orqali).
Rossiyaga:
Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva;
Urganch – Nukus – Ufa;
Nukus – Krasnodar;
Toshkent – Ufa;
Toshkent – Krasnodar.
“Muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirishni istagan tashuvchilar Transport vazirligiga xorijiy hamkorlar bilan paritet asosida kelishilgan holda murojaat qilishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring