Endi kaliforniyaliklar kanalizatsiya suvini qayta ishlab ichishi mumkin

09:59 25 Dekabr 2023 Dunyo
416 0

Kaliforniya mutasaddilari oqava suvlar isteʼmoliga ruxsat berdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar qilgan.

Ayni paytda dush xonalari va hojatxonalarning tozalangan suvlari park va oʻyingohlarni sugʻorish uchun ishlatilmoqda. Yangi qonun esa undan ichimlik va ovqat tayyorlashda foydalanishga ruxsat beradi. Kaliforniya — bunday yangilik joriy etilgan  birinchi shtat emas. Bunday choralar Koloradoda ham amal qiladi.

Shu paytgacha bunday loyihalar rad etib kelingan, biroq mahalliy suv havzalarining qurishi kaliforniyalikni oʻz qarashlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi.

Ekstremal qurgʻoqchiliklar ketma-ketligi sabab zaxiralardagi suv miqdori keskin kamayib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер