Endi hokimlar xohlagan binosini buzib tashlolmaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat dasturi ijrosi yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosarining axboroti tinglanmoqda, deb xabar berdi “Adolat” SDP matbuot xizmati.
Xususan, Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov oʻz maʼruzasida bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan turar va noturar joylarni buzish hamda ularga kompensatsiya toʻlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi.
- Joriy yilning 27-iyul kuni Prezidentimiz topshirigʻi bilan Bosh Vazir tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bu yoʻnalishda yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Bu boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun aytishim mumkinki, hozirgacha yuridik shaxslarning buzilishga tushgan 3800 ta obyektlarning jami kompensatsiya miqdorining 70 foiz mablagʻi toʻlanmagan. Bu qarzdorlikning asosiy qismi Toshkent shahri, Xorazm va Toshkent viloyatlari xissasiga toʻgʻri keladi. Endi bunday boʻlmaydi.
Yangi tizim boʻyicha viloyat hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud boʻyicha materiallar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir birinchi oʻrinbosari O.Ramatov tomonidan shaharsozlik talablari boʻyicha puxta oʻrganiladi. Moliyaviy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab berish masalalari Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorovga kiritilib, ulardan tegishli hisob-kitoblar olingandan soʻng Bosh vazirga taklif sifatida kiritiladi. Faqatgina shundan soʻnggina buzish masalasi boʻyicha bir qarorga kelinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring