Endi har bir daraxtning oʻz egasi bor
Foto: “Xalq soʻzi”
Andijonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan har bir koʻchat parvarishi uchun alohida nazorat oʻrnatildi.
Shu maqsadda viloyatdagi mavjud 909 ta mahalla hududiga oʻtqazilgan salkam 1, 9 million tup mevali va manzarali daraxt, 3,3 million dona terak nihollari hamda 11 million dona gul koʻchatlarini uch yil davomida parvarishlash yuzasidan 909 nafar ishchi jalb etildi.
— Buning uchun “Ayollar” va “Yoshlar” daftarida roʻyxatda turuvchi, ishsiz va koʻchat parvarishidan xabardor boʻlgan fuqarolar tanlab olindi, — deydi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomuddinov. — Ularga oylik maosh tayinlandi va har kuni oʻzlariga biriktirilgan manzilda koʻchatlarni sugʻorish, parvarishlash, shakl berish kabi vazifalar yuklatildi. Buning natijasida yosh nihollarning qurib qolish holatlari kamaydi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring