Endi chet elliklar Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bilan kiritiladi
Foto: РИА Новости
Rossiyaga keladigan xorij fuqarolari COVID-19ga chalinmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega boʻlishi shart. Bu haqda Rossiya davlat bosh sanitar shifokorining tegishli qarori eʼlon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, bu qaror tranzit bilan oʻtayotgan xorij fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham taalluqli boʻlib, maʼlumotnoma rus yoki ingliz tilida boʻlishi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, tekshiruv PZR uslubida, Rossiyaga kelishdan koʻpi bilan uch kun avval oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring