“Endi bizning oʻz uyimiz — baxt qoʻrgʻonimiz bor”
Bayram munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlari uchun Termiz shahrida yangidan bunyod etilgan qoʻp qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirildi.
Jumladan, 5 qavatli, har biri 30 xonadondan iborat 3 ta zamonaviy uy-joyda harbiylar oilasi farovon hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

— Vatan oiladan boshlanadi. Biz, harbiylar Vatan, ona yurt shaʼni, oilalarimiz tinchligini himoyalash uchun kunu tun xizmatga shaymiz, — deydi serjant Shavkat Toʻrayev. — Vatan himoyachilari kuni arafasida Termiz shahri markazida qad rostlagan uylarning biriga oila aʼzolarimiz bilan koʻchib oʻtdik. Binobarin, oila boshligʻi qaysi kasbda mehnat qilishidan qatʼi nazar, oiladagi osudalik, toʻkin, farovon turmush hukmronligi koʻngil xotirjamligi uchun eng muhim omil hisoblanadi. Endi biz ham oʻz uyimimiz — baxt qoʻrgʻonimizga ega boʻlganimizdan nihoyatda baxtiyormiz.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyatdagi harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni”, oliy va oʻrta maxsus, xalq taʼlimi hamda maktabgacha taʼlim tizimi muassasalarida esa turli madaniy-maʼrifiy va ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.



Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring