Endi auditor boʻlish osonlashadi

12:06 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
2725 0

Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini eʼlon qildi.

Ayni paytda Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom (AV tomonidan 13.10.2000 yilda 977-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) amal qiladi. Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga (19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq ushbu hujjatga oʻzgartirishlar ishlab chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, malaka sertifikati dastlab 5 yillik muddatga beriladi, soʻng – navbatdagi 10 yilga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.

Auditorlar malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan eʼtiboran har yili oʻtishlari shart boʻlgan malaka oshirish dasturlari hajmini 60 soatdan 40 soatgacha qisqartirish taklif etilmoqda.

Norma maʼlumotlariga koʻra, malaka sertifikatini olishga talabgorlarning maʼlumoti va ish stajiga qoʻyiladigan talablar ham oʻzgaradi. Loyiha oʻzgartirishlarsiz qabul qilingan taqdirda nomzod quyidagi 3 ta variantdan biriga muvofiq kelishi kerak boʻladi:

oliy maʼlumotga va oxirgi 5 yil ichida kamida 3 yillik auditorlik faoliyatini amalga oshirish yoxud buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, yoki ushbu sohalarda dars berish bilan bogʻliq ish stajiga ega boʻlish;

“buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari boʻyicha magistr diplomi bilan auditorlik tashkilotida kamida 1 yillik amaliy ish stajiga (sh.j. oʻrindoshlik asosida) ega boʻlishning oʻzi kifoya;

Oʻzbekistonda yoki xorijiy davlatda (nostrifikatsiyalash oʻtkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiy fanlar sohasida ilmiy darajaga ega boʻlganda ish stajiga doir talablar qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari, CIPA, ASSA, SRA, Sertifikatlangan malakali buxgalter, DipIFR sertifikatlari va diplomlariga ega boʻlgan mutaxassislarga auditor malaka sertifikatini berish tartib-taomilini soddalashtirish taklif etilmoqda. Ular uchun auditorlik tashkilotlarida ish stajiga ega boʻlish va malaka imtihonidan oʻtish talabi bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер