“Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlari ishga tushiriladi

13:51 05 Fevral 2024 Siyosat
972 0

Soʻnggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga byudjetdan 90 milliard soʻm yoʻnaltirildi. Lekin natija kutilganidek emas.

Tuman, viloyat va respublika tashkilotlari 10 ga yaqin axborot tizimlarini ishlatayapti, lekin ularning hammasi ham bir-biriga bogʻlanmagan.

Birlamchi boʻgʻin raqamlashmagani bois shifokor vaqtining uchdan ikki qismi hisobot toʻldirishga ketayapti.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlarini ishga tushirish, kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер