Elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi qizg‘in
Toshkent viloyati Parkent tumanida transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirish maqsadida Baytqo‘rg‘on — Parkent yo‘nalishida elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishi olib borilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur temir yo‘l liniyasining umumiy uzunligi — 23,8 kilometr. Loyiha doirasida bittadan ajratish punkti va tunel ko‘rinishidagi yo‘l o‘tkazgich, uchta ko‘prik, 65 ta suv o‘tkazish inshooti, shuningdek, sakkizta avtomobil hamda temir yo‘l kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida obyektni mustahkam hamda sifatli foydalanishga topshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring