Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Foto: prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” MCHJ rahbari I.R. “J.О.” MFYda yashovchi aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib beruvchi binoni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 209,9 mln. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xuddi shunday, Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.E.” fermer xoʻjaligi rahbari М.F. fermer xoʻjaligi dala maydoniga oʻrnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 193,4 mln. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring