Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

12:28 24 Mart 2025 Jamiyat
320 0

Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta’minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Ma’lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlarning mas’ul xodimlariga davra suhbati o‘tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер