Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring!

15:59 24 Mart 2025 Jamiyat
203 0

Illyustrativ foto

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.

Mazkur aksiya doirasida barcha davlat tashkilotida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi. Maqsad — tabiiy asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

“Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy  asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz” deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер