Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati boʻyicha dalolatnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan muhandis ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman boʻlimi hamda DXXning Guliston tuman boʻlinmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi М.S. “P-K.” fermer xoʻjaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berishi evaziga ushbu fermer xoʻjaligi rahbarining ukasi ШSh.Y.dan 400 AQSH dollari va 1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring