Elchi: “Oʻzbekistonga mintaqaviy hamkorlik yoʻlidagi yetakchilik qilayotgani uchun sharaflar boʻlsin”
AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini olqishlab, jumladan, Tvitteridagi sahifasida shunday deb yozdi:
“Yaqinda Toshkentdagi uchrashuvda Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari tomonidan yetakchilik va uzoqqa moʻljallangan nuqtayi nazarlar namoyish etilganini koʻrishdan mamnunmiz. Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyo barqarorligi va farovonligi uchun juda muhim hisoblanadi. Prezident Mirziyoyev mazkur tadbirga mezbonlik qilgani uchun tashakkur”.
AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Daniel Rozenblyum ham bu boradagi fikrlarini Tvitterda oʻrtoqlashgan: “S5+1 (+AQSH, +Yevropa Ittifoqi, +Yaponiya, +Janubiy Koreya, +Hindiston va hokazo) yaxshi. Lekin S5 har qanaqa plyussiz (yoki minussiz) undan ham yaxshiroqdir(Qudratli davlatlarsiz ham)! Oʻzbekistonga mintaqaviy hamkorlik yoʻlidagi yetakchilik qilayotgani uchun sharaflar boʻlsin”.
Twitter (https://twitter.com/State_SCA/status/1202348006730878978)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring