Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi Markaziy Osiyo mintaqasidagi muloqot jarayonlarining rivojiga muhim hissa qoʻshadi

17:57 21 Oktyabr 2022 Dunyo
621 0

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻlib turibdi. Ushbu tashrif keng jamoatchilik, jumladan, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va ekspert-tahlil doiralari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Ilgar Velizade, “Janubiy Kavkaz” siyosatchilar klubi (Ozarbayjon) rahbari:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi – rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyo mintaqasidagi pozitsiyasi kuchayib borayotganiga yana bir yorqin dalildir. Bu – mamlakat tashqi siyosati samarasining namoyon boʻlishi hamdir. Aytish kerakki, mazkur jarayonda aynan Oʻzbekiston tomoni tashabbuskorlik koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti soʻnggi bir yil davomida 2021-yil dekabr oyini ham hisobga olsak, rasmiy tashrif bilan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmanistonda boʻldi. Shu bilan birga, joriy yilda Tojikiston, Turkmaniston yetakchilari Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldilar. Bu hisobga hali barcha qoʻshni mamlakatlar rahbarlari ishtirok etgan Samarqanddagi SHHT sammiti kiritilmadi. Qolaversa, Oʻzbekiston ikki yil ichida mintaqadagi barcha davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar bazasini sezilarli darajada yangiladi va takomillashtirdi.

Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarga kuch bagʻishlaydi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi muloqot jarayonlarining rivojiga muhim hissa qoʻshadi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi barqaror oʻsib borayotgani va oʻtgan yili 1 milliard dollarga yaqinlashganini qayd etishning oʻzi yetarli. Tomonlar yaqin yillar ichida ushbu raqamning ikki baravar koʻpayishini hamda tovar aylanmasi tarkibi sifat jihatdan yanada yaxshilanishini kutmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер