YEXHT Bosh kotibi O‘zbekistonga keladi
2018 yilning 11 iyun kuni Toshkentga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
YEXHT delegatsiyasi “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring