Ehtiyojmandlarga “Yetti xazina"ning biri tarqatilmoqda

14:57 25 May 2020 Jamiyat
1012 0

Andijon viloyati Marhamat tumanida aholini kambagʻallikdan chiqarish, buning uchun ularni daromad manbai bilan taʼminlash borasidagi ishlar koʻlami kengayib bormoqda. Jumladan, "Mikrokreditbank"ning tuman boʻlimi tomonidan fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida 1 mln. 300 ming soʻmdan 5 mln. soʻmgacha miqdorda boʻlgan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilmoqda.

— Shaxsan menga “Ijod gulshani” fermer xoʻjaligi tomonidan broyler joʻjalari tarqatilishi maʼqul keldi, — deydi Shomat MFYda istiqomat qiluvchi Diloromxon Saynazarova. — Mutaxassislar uning parvarishi haqida tushuncha berishdi. Bu men kabi uyda oʻtirgan xotin-qizlar uchun yaxshigina daromad manbai ekan.

Shu kungacha Durafshon va Shomat MFYda istiqomat qiluvchi 50 ta xoʻjalikka 5000 bosh broyler joʻjalari tarqatildi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер