Ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʻlovlaridan ozod etiladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish va koʻlamini kengaytirishning muhokamasiga bagʻishlandi.
Davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish orqali mahalla va tumanda qanday oʻzgarishlar boʻlishi koʻrib chiqildi.
Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1-iyuldan boshlab:
— 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish, bogʻchaga qabul qilish va hokazo);
— 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;
— aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati boʻyicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;
— aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;
— ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʻlovlaridan ozod etiladi (135 ming soʻm).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring