Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga kontrakt puli toʻlab beriladi

12:21 03 Sentyabr 2022 Jamiyat
1311 0

Foto: Arxiv surat

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar davlat OTMlariga kontrakt asosida oʻqishga kirganida kontrakt toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan toʻlab beriladi.

Bunda har bir hududdan oʻqishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun toʻrt yillik kontrakt toʻlab beriladi. 

Buning uchun ariza oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер