Ehtiyot chorasini oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Pastdargʻom tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uning turmush oʻrtogʻi A.U.ga nisbatan jinoyat ishi doirasida qoʻllanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga oʻzgartirib, qamoqdan chiqarib berishni vaʼda qilib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring