Ederson yilning “Eng yaxshi darvozaboni” sovrinini qoʻlga kiritdi
Foto: AP
FIFAning “The Best” sovrini uchun kurashda “Manchester Siti” klubi va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya terma jamoasi) va Yasin Bouna (“Sevilya”/“Al-Hilol”, Marokash terma jamoasi)ni ortda qoldirdi.
Ederson oʻtgan yil jamoasi bilan Chempionlar ligasi, Premyer-liga va Angliya kubogida gʻolib chiqqandi.
2022-yilda “Eng yaxshi darvozabon” sovrinini “Aston Villa” va Argentina terma jamoasi futbolchisi Emiliano Martines qoʻlga kiritgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring