“E-auksion” savdo platformasida kuzatilgan texnik kamchilik bartaraf qilindi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 9-iyul kuni Qurbon hayiti bayrami kuni, (10-iyul yakshanba) 11-12-iyul kunlari dam olish kunlari sifatida belgilanganligi sababli ushbu kunlarda “E-auksion” savdo platformasida savdolar oʻtkazilmaydi.
Savdo oʻtkazilmaydigan 4 kunlik dam olish kunlari davrida qolgan axborot tizimlari va veb-portallar singari “E-auksion” savdo platformasining maʼlumotlar bazasida kichik oʻzgarishlar, maʼlumotlarni toʻliq zaxiralash (auto-backup) va yangilash (update) amaliyotlari amalga oshirilgan.
Shu vaqt oraligʻida ishtirokchilar shaxsiy kabinetiga kirishdagi ayrim texnik kamchiliklar kuzatildi.
Hozirda “E-auksion” savdo platformasidagi yangilash amaliyotlari yakunlangan va platforma toʻliq rejimda ishini davom ettirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring