E-AUKSION savdo maydonchasining yangi dasturi ishga tushdi

15:06 05 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1056 0

“E - AUKSION” elektron savdo maydonchasi bugungi kunga kelib, 16 yoʻnalishda mulklarni realizatsiya qilish boʻyicha onlayn auksionlarni oʻtkazib kelmoqda.

Raqamlarga qarasak, 2020-yilda 1 trln. 751 mlrd soʻmlik 25,5 mingdan ortiq mulk realizatsiya qilingan. Foydalanuvchilar soni va sotiladigan mulklar toifasi ortib borgani bois, yangi, takomillashgan tizimni ishga tushirishni davrning oʻzi taqozo qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida davlat mulklarini elektron tarzda sotishga moʻljallangan «Ye-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasining yangi takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqish boʻyicha vazifa belgilangan edi. 

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 29-mart kuni yangilangan, yana-da qulay dasturiy taʼminot ishga tushirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK maʼlum qildi.

«Ushbu yangi tizim quyidagi qulaylik va imkoniyatlarga ega:

yangilangan interfeys yorqin dizayn asosida ishlab chiqildi;

mulklarning guruhlashtirilgan katalogi joriy etildi;

roʻyxatdan oʻtishning soddalashtirilgan tizimi yoʻlga qoʻyildi;

ishtirokchi va buyurtmachilarda qulay interfeysga ega shaxsiy kabinetda ishlash imkoni yaratildi;

narxni mulk savdoga chiqarilganidan boshlab tasdiqlash imkoniyati yaratildi;

barcha toʻlovlarni avtomatik tarzda ishtirokchilar shaxsiy kabinetiga biriktirish tizimi ishga tushirildi;

portaldan foydalanuvchilar uchun qoʻllanmalar (roʻyxatdan oʻtish, shaxsiy hisobvaraqni toʻldirish, pulni qaytarish, lotga ariza berish va boshqalar) yaratildi.

Bundan tashqari, tizimning shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida auksionlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Endilikda platformaning istalgan foydalanuvchisi oʻtkazilayotgan savdolarni real vaqt rejimida kuzatib bora oladi. 

Ishtirokchilar soni, ular tomonidan taklif etilayotgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq holda taqdim etiladi.

Yangi dasturiy taʼminot foydalanuvchilar uchun yana-da qulay holga keltirildi» deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер