Dzyudo jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻldi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Ulugʻbek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz yakkalik bahslari yakuniga koʻra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan boʻlsa, Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Ikkinchi oʻrinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan boʻlsa, kuchli uchlikka mezbonlar – Fransiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qoʻlga kiritishdi.
Endi vakillarimiz jamoaviy yoʻnalishda ham oltin medallar uchun bahs olib borishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring