Dzyudo: yoshlarimiz Osiyo chempionatida 14 ta medalni qoʻlga kiritdi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqaning soʻnggi ikki kuni yoshlar jami 14 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun tatamiga chiqdilar. Bugungi bellashuvlar ogʻir vazn toifalarida kechdi va unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Qitʼa chempionati yakunida esa Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi oʻzbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15 davlat orasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Janubiy Koreya terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan bu borada birinchi boʻlishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Qozogʻiston terma jamoasi yakun yasab berdi.
Shohsupaga koʻtarilgan yoshlarimiz:
Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova,
-66 kg: Azizbek Ortiqov,
-57 kg: Shukurjon Aminova,
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov,
+100 kg: Islombek Ravshanqulov.
Kumush medal:
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev.
Bronza medal:
-52 kg: Umida Jumaniyozova,
-63 kg: Farangiz Rejepova,
-70 kg: Shahlo Egamberganova,
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva,
+78 kg: Mohinur Parmonova,
-73 kg: Hojiakbar Toshev,
-81 kg: Nurbek Murtazoyev,
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring