Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida Oʻzbekiston oʻz oʻrnini 7 pogʻonaga yaxshiladi

12:06 20 Mart 2024 Jamiyat
687 0

Arxiv surat

Finlyandiya ketma-ket yettinchi marta dunyoning eng baxtli mamlakati deb tan olindi. Reytingda kuchli oʻnlikka Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shveysariya va Avstraliya kirdi.

Oʻzbekiston ushbu reytingda 143 davlat orasida 47-pogʻonadan joy oldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozogʻiston 49, Qirgʻiziston 75, Tojikiston 88-oʻrindan joy oldi. Reytingda jami 143 davlat kiritilgan boʻlib, oxirgi oʻrinda Afgʻoniston qayd etilgan.

2023-yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) Oʻzbekiston 1 pogʻona pastlab, 54-oʻrinni egallagan edi.

Hujjatni ishlab chiqishda ekspertlar asosan aholi daromadlari, sogʻliq, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bandlik va korrupsiya darajasi kabi koʻrsatkichlarni hisobga olgan. Bundan tashqari, reytingda mamlakatda fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va kelajakka ishonch hissi mavjudligi, shuningdek, oilalarning barqarorligi koʻrsatkichlari ham inobatga olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер