Dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, oʻzaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, oʻzaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Bundan keyin ham asosiy eʼtiborimiz Markaziy Osiyodagi barcha qoʻshni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz boʻlgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi.
Milliy xavfsizlikni taʼminlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
“Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymaymiz”, — dedi Prezident.
Qadimiy va betakror tariximizni, ayniqsa, gʻoyat ogʻir sharoitda ilm-maʼrifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat gʻoyalarini dadil koʻtarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur oʻrganishimiz lozimligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring