Dunyodagi eng qadimiy shamshir qayerda saqlanmoqda?
Foto: Università Ca’ Foscari
Venetsiyadagi muzeylardan birida saqlanayotgan besh ming yillik shamshir dunyoning eng qadimiy qilichi sifatida eʼtirof etildi.
Daily Mailʼning yozishicha, artifakt miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Turkiyaning sharqiy qismida tayyorlangan. Ammo muzeyda oʻrta asrlarga oid toʻplam sifatida saqlab kelingan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, u oddiy qurol sifatida yoki tantanali buyum sifatida ishlatilgan boʻlishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, qilich Venetsiyaga XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning Trabzon shahridan olib kelingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring