Dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi eʼlon qilindi
Amerikaning The CEOWORLD magazine jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi eʼlon qilindi.
Mazkur roʻyxatni tuzishda 11 ta mezonga eʼtibor qaratildi. Harbiy kuch, xalqaro ittifoqlar, mamlakat rahbariyatiga hurmat, xalqaro savdo va sayohat, iqtisodiy qudrat, madaniyat, diplomatik taʼsir, global miqyosdagi diaspora, OAVga taʼsir, ehtiyojmand davlatlarga yordam va dunyoning qoloq qismi bilan aloqadorlik shular jumlasidandir.
Reyting 280 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan soʻrovnoma asosida yaratildi.
Mualliflarning qayd etishicha, kuchli oʻntalikdan AQSH, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Italiya va Isroil joy oldi.
Ruminiya(55), Pokiston(56) va Slovakiya(56) esa oxirgi pogʻonalarni yakunlab berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring