Dunyodagi birinchi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi
Vetnam poytaxtida dunyodagi birinchi tashqi yuzasi va interyeri oltin bilan qoplangan, besh yulduzli “Dolce Hanoi Golden Lake” mehmonxonasi ochildi.
25 qavatdan iborat “Dolce Hanoi Golden Lake” Hanoy markazida joylashgan. Mehmonxonaning eshiklari, devorlari, tomi hamda boshqa interyer elementlari, shuningdek, 5 ming kvadrat metrga yaqin tashqi yuzasi 24 qirotli oltin bilan qoplangan.
Mehmonxona 10 yil davomida qurildi. Unda 342 ta nomer boʻlib, ularning bir qismi oltin suvi yugurtirilgan mebel, vanna, unitaz va dekor bilan bezatilgan.
Mehmonxonada bir kecha tunash narxi 250 dollardan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring